Yangi guruhga qabul ochiqGuruhda atigi 18–20 joy
Arab tili akademiyasi

8 oyda arab tilidagi harakatli kitoblarni mustaqil o‘qiysiz

Quruq grammatika va qoida yodlash emas — darslarning asosi amaliyot. Jonli darslar, support teacher bilan alohida mashg‘ulotlar va barcha kitoblar sizga eng yaqin Uzpost pochtasiga yetkaziladi.

Bizni kuzating:
8 oy
Fonetika kursi
5 kun
haftasiga dars
18–20
kishilik guruh
540 000
so‘m / 8 ta dars
Bepul dars

«Ayn» harfini 15 daqiqada o‘rganing

Arab tilidagi eng qiyin tovushlardan biri. Ustozimiz uni bosqichma-bosqich, talaffuz mashqlari bilan tushuntiradi — ro‘yxatdan o‘tmasdan, hoziroq ko‘ring.

  • Ro‘yxatdan o‘tish shart emas
  • To‘liq bepul
  • 15 daqiqa
YouTube'da ochish
Ariza

Guruhda joy bormi — bir daqiqada bilib oling

Ism va telefon raqamingizni qoldiring. Menejerlarimiz bog‘lanib, darajangizni aniqlaydi va yaqin guruhlardan qaysi biri sizga to‘g‘ri kelishini aytadi.

+998 (78) 777-77-17Dushanba – Yakshanba, 09:00 – 19:00

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Ariza yuborish hisob ochmaydi — hisobni menejerlarimiz ochadi.

Natija

8 oydan keyin nima o‘zgaradi

Harakatli kitoblarni mustaqil o‘qiysiz

Fonetika kursini yakunlaganingizdan keyin arab tilidagi harakatli kitoblarni ochib, ularni mustaqil, to‘g‘ri o‘qiy olasiz — bittasini emas, hammasini.

Talaffuzingiz to‘g‘rilanadi

Support teacher audio orqali talaffuzingizni eshitadi va xatolaringiz aynan qayerda ekanini ko‘rsatib to‘g‘rilaydi.

Grammatikani amalda ishlatasiz

Qoidalarni yodlab qo‘yish emas — har mavzu darhol mashq, test va jonli suhbatda mustahkamlanadi.

Kurs tuzilmasi

Kurs qanday bo‘linadi

Asosiy kurs — ATF, 8 oy va uchta modul. Undan keyin Amaliyot II va alohida Grammatika kursi bor.

  1. 18 oy

    ATF (Arab tili Fonetika)

    Asosiy kurs. Alifbodan boshlanadi va harakatli matnni mustaqil o‘qiy oladigan darajagacha olib boradi.

    1-modul · Harf3 oy
    2-modul · Qoida4 oy
    3-modul1 oy
    Haftasiga
    5 kun dars
    Support teacher
    Bor — haftada 3 kun
    Test va mashqlar
    Bor
  2. 23 oy

    Amaliyot II

    Fonetika tugagandan keyingi davomi. O‘qish ko‘nikmasi matn ustida muntazam amaliyot bilan mustahkamlanadi.

  3. 3alohida kurs

    Grammatika

    So‘z shakllari va gap qurilishi qoidalari. Arab tilini o‘qish bilan cheklanmasdan, matnni tahlil qila olmoqchi bo‘lganlar uchun.

    Haftasiga
    2 kun dars
    Support teacher
    Yo‘q
    Test va mashqlar
    Hozircha yo‘q

Fonetika kursida haftangiz qanday o‘tadi

Haftasiga 5 kun dars: 2 kuni asosiy ustoz bilan, 3 kuni support teacher bilan. Jadval oldindan ma'lum — ishingiz yoki o‘qishingizga moslashtira olasiz. Grammatika kursi boshqacha quriladi: haftasiga 2 kun dars, support teacher esa yo‘q.

  • DuAsosiy ustoz 1 s 20 daq
  • SeSupport teacher
  • ChoAsosiy ustoz 1 s 20 daq
  • PaSupport teacher
  • JuSupport teacher
  • Sha–YaMustaqil mashq
2 kun

Asosiy ustoz darsi

Jonli dars, har biri 1 soat 20 daqiqa. Savol berasiz, gapirasiz, ustoz darhol tuzatadi.

3 kun

Support teacher darsi

Support teacher siz bilan alohida shug‘ullanadi: o‘tilgan mavzuni mustahkamlaydi, talaffuzingizni audio orqali eshitadi va savollaringizga javob beradi.

Sertifikatli ustozlar

Ustozalarimizning 4–7 yillik tajribasi va arab tili bo‘yicha CEFR yoki TANAL xalqaro sertifikatlari bor.

Guruhda 18–20 kishi

Ko‘p onlayn kurslardagidek 50 kishi yig‘ilmaydi. Kichik guruh — ustoz har bir o‘quvchiga vaqt ajrata oladi.

Haftada 3 kun support teacher darsi

Fonetika kursida asosiy darsdan tashqari shaxsiy yordam. Yarim yo‘lda to‘xtab qolmaysiz — savolingiz javobsiz qolmaydi.

Test va mashqlar

Fonetika kursida har mavzudan keyin test. Natijangiz saqlanadi, qaysi mavzu oqsayotgani ustoz va support teacher’ga ko‘rinib turadi.

Dars yozib olinadi

Darsga ulgurmasangiz yozuvi kabinetingizda qoladi — istalgan vaqtda qaytib ko‘rasiz.

Telegram orqali aloqa

Eslatmalar, vazifa va e’lonlar Telegramga keladi. Kirish uchun parol ham kerak emas.

Kursga kiritilgan

Kitoblarni pochtangizgacha yetkazamiz

O‘quv qurollari yoki adabiyot qidirib vaqt sarflamaysiz — kurs uchun kerakli barcha kitoblarni o‘zimiz yuboramiz. Kitob uyingizga emas, uyingizga eng yaqin Uzpost pochtasiga boradi va uni o‘sha yerdan olasiz.

  • Respublikaning istalgan viloyatiga — uyingizga eng yaqin Uzpost pochtasiga
  • 5–7 kun ichida yetkaziladi
  • Narxi oylik to‘lov ichida, alohida pul to‘lanmaydi
  • Telefonda ko‘z og‘ritmaysiz — qog‘oz kitobdan dars qilasiz
Daraja aniqlash

Qaysi moduldan boshlashingizni bilib oling

16 ta savol — alifbodan gap qurilishigacha. Test moslashuvchan: bilim darajangizga qarab savollar o‘zgaradi, shuning uchun ko‘pchilik uni 3 daqiqada tugatadi. Bilmagan savolingizni «Bilmayman» deb belgilang — daraja shunda aniq chiqadi.

  • 1Alifbo va yozuv
  • 2Talaffuz
  • 3So‘z tuzilishi
  • 4So‘z shakllari
  • 5Gap qurilishi
3–4 daqiqa Ro‘yxatdan o‘tish shart emas To‘liq bepul
To‘lov

Kurs to‘lovi

To‘lov oy bo‘yicha emas, dars bo‘yicha hisoblanadi — siz faqat haqiqiy dars soni uchun to‘laysiz.

ATF · Arab tili Fonetika

540 000so‘m/ 8 ta dars

Bitta dars — 67 500 so‘m

540 000 so‘m — asosiy ustozning 8 ta darsi. Ba’zi oylarda darslar soni 9 taga to‘g‘ri keladi va o‘shanda ortiqcha dars alohida qo‘shiladi.

To‘lov usullari:ClickPayme

To‘lov ichiga nima kiradi

  • Asosiy ustoz bilan 8 ta jonli dars (har biri 1 soat 20 daqiqa)
  • Haftasiga 3 kun support teacher darsi
  • Video darsliklar, mashq va testlar
  • Barcha kitoblar va ularni Uzpost pochtasiga yetkazib berish
  • Dars yozuvlari va shaxsiy kabinet

Kitoblar uchun alohida pul to‘lanmaydi — hammasi shu to‘lov ichida.

Ariza

Joyingizni band qiling

Guruhda atigi 18–20 joy bor. Ism va telefon raqamingizni qoldiring — menejerlarimiz bog‘lanib, darajangizga mos guruhni tanlaydi.

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Ism va telefon raqamingizni yozasiz. Bu bir daqiqalik ish va hech narsaga majbur qilmaydi.

  2. 2

    Menejerlarimiz bog‘lanadi

    Menejerlarimiz qo‘ng‘iroq qilib, darajangizni aniqlaydi va sizga mos guruhni tanlaydi.

  3. 3

    Joyingizni band qilasiz

    To‘lovni Click yoki Payme orqali amalga oshirasiz, biz esa kitoblaringizni pochtaga tayyorlaymiz.

  4. 4

    Darslar boshlanadi

    Telegram orqali kabinetga kirasiz — jadval, jonli dars havolasi va vazifalar shu yerda.

Telefon +998 (78) 777-77-17
Ish vaqti Dushanba – Yakshanba, 09:00 – 19:00

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Ariza yuborish hisob ochmaydi — hisobni menejerlarimiz ochadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Arab tilini noldan boshlasam bo‘ladimi?

Ha. ATF (Arab tili Fonetika) kursi alifbodan boshlanadi va 8 oy davomida bosqichma-bosqich olib boradi. Ariza qoldirganingizdan keyin menejerlarimiz darajangizni aniqlab, mos guruhni tanlaydi.

Kurs qanday bosqichlardan iborat?

Asosiy kurs — ATF (Arab tili Fonetika), 8 oy va uchta moduldan iborat: Harf moduli (3 oy), Qoida moduli (4 oy) va Amaliyot I moduli. U tugagandan keyin 3 oylik Amaliyot II kursi bor. Alohida Grammatika kursi ham mavjud.

Fonetika va Grammatika kurslarining farqi nima?

Fonetika (ATF) — arab yozuvini o‘qishni o‘rgatadigan asosiy kurs: haftasiga 5 kun dars, support teacher bilan alohida mashg‘ulotlar va har mavzudan keyin test bor. Grammatika esa alohida kurs va boshqacha quriladi: haftasiga 2 kun dars, support teacher yo‘q va hozircha testlar ham yo‘q. Grammatika o‘qishni emas, matnni tahlil qilishni o‘rgatadi.

Bitta dars qancha davom etadi?

Fonetika kursida asosiy ustoz bilan jonli dars — 1 soat 20 daqiqa. Haftasiga bunday dars 2 kun bo‘ladi, qolgan 3 kun esa support teacher darsi.

To‘lov qanday hisoblanadi?

540 000 so‘m — asosiy ustozning 8 ta darsi uchun, ya’ni bitta dars 67 500 so‘m. Buni ataylab oyga emas, darsga bog‘laganmiz: ba’zi oylarda darslar soni 9 taga to‘g‘ri keladi va o‘shanda siz faqat haqiqiy dars soni uchun to‘laysiz.

Darsga ulgurmasam nima bo‘ladi?

Jonli dars yozib olinadi va kabinetingizda qoladi — istalgan vaqtda ko‘rasiz. Tushunmagan joyingizni esa support teacher bilan alohida muhokama qilasiz.

Kitoblar uchun alohida pul to‘lanadimi?

Yo‘q. Barcha kitoblar to‘lov ichiga kiradi. Kitob uyingizgacha emas, uyingizga eng yaqin Uzpost pochtasiga 5–7 kun ichida yetkaziladi — respublikaning qaysi viloyatida bo‘lishingizdan qat’i nazar — va uni o‘sha pochtadan olasiz.

Guruhda nechta o‘quvchi bo‘ladi?

Atigi 18–20 kishi. Bu ataylab shunday: ustoz har bir o‘quvchiga vaqt ajrata olishi uchun guruh hajmi cheklangan. Shuning uchun joylar tez tugaydi.

Darsda qatnashish uchun nima kerak?

Brauzer va internet. Alohida dastur o‘rnatish shart emas — dars saytning o‘zida ochiladi. Telefonda ham, kompyuterda ham ishlaydi.

Tizimga qanday kiraman?

Parol yo‘q. «Kirish» tugmasini bosasiz, Telegram boti sizni taniydi va 6 xonali kod yuboradi — o‘sha kodni saytga kiritasiz.